Turkmanistonda to‘y va tantanalarda madaniy xizmat ko‘rsatishni davlat tartibga solishi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida Bosh vazirning madaniyat va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha oʼrinbosari M.Mammedova mamlakatda toʼy va boshqa tantanalarda madaniy xizmat koʼrsatishni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisidagi Qarorni taqdim etgan.


“Hujjatda ko‘p asrlik milliy madaniyat va sanʼatning o‘ziga xosligini, urf-odatlarini saqlab qolish, Turkmanistonda to‘y va boshqa bayramlarda qo‘shiqchilar tomonidan madaniy xizmat koʼrsatishni yaʼni musiqachilar, raqqosalar va boshqa sanʼat xodimlari yaʼni ijodiy guruhlarning xizmatlarini toʼgʼri nazorat qilish davlat tomonidan tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan”, deb xabar berilmoqda.


Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov hujjatga imzo chekdi va “turkman xalqiga yuqori sifatli madaniy xizmat koʼrsatish va ularning turini zamonaviy talablarga muvofiq kengaytirish ishlarini takomillashtirish” muhimligini taʼkidladi.