Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oktyabr oyi boshida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining forumi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

13-14 sentyabr kunlari Turkmaniston delegatsiyasi Toshkentda bo‘lib, tomonlar savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazish va chegara savdo zonasini tuzishga kelishib olgan edilar.