Karantin IT mutaxassislari uchun cheklov emas

Bugungi kunda IT sohasiga qiziqish kuchayib, xorijda ham, o‘zimizda ham bu zamonaviy sohani tanlash istagida bo‘lgan yoshlar soni oshib bormoqda. Shunday vatandoshlarimizdan biri Sunnatillo Toshev.

2014 yilda AQSHga ishlash maqsadida borgan Sunnatillo Buxoro shahrida tug‘ilgan va Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida tahsil olgan. Hozirda IT sohasida faoliyat yuritadigan vatandoshimiz bilan sohaning afzalliklari va karantinni unumli o‘tkazishhaqida suhbatlashdik.

– IT sohasi zamonaviy kasblar ichida jozibadorligi bilan eng oldingi o‘rinlarda turadi. Sizni bu sohaga nima yetaklab keldi?  

– To‘g‘risini aytsam, ilgari IT sohasiga qiziqmaganman, bu soha haqida AQSHga kelib bildim. Kelajak qaysi sohaga bog‘liq ekanligiga qiziqib qoldim vainternet sahifalardan qidirib, IT sohasidagi maʼlumotlarga ko‘zim tushdi. Shundan keyin sohani puxta o‘rganishmaqsadida resurs qidirishni boshladim va vatandoshimiz tomonidan tashkil etilgan My IT Education o‘quv markazini topdim.

Bu kasbning qulayligi shundaki, dunyoning qaysi mamlakatiga bormang, sohangiz bo‘yicha ish topa olasiz. Bundan tashqari, hozir butun dunyo koronavirus sabab uyda o‘tirgan bir paytda ham IT sohasi vakillari ishlashdan to‘xtashgani yo‘q.

– Ushbu o‘quv markazining boshqalaridan qanday farqi bor deb o‘ylaysiz? 

– Boshqa o‘quv markazlaridan My IT Educationning farqi shundaki, unda darslar ishdan keyin boshlanadi va bu AQSH sharoiti uchun muhim. Qolaversa, barcha talabalar darsni tushunib olmaguncha, dars tugallanmaydi. Bundan tashqari bu yerda faqat IT tiliga eʼtibor qaratilmaydi, balki 6 oy davomida barcha 

Operatsion sistemalar, HTML, CSS, JAVASCRIPT, JQUERY, PHP, LARAVEL, LINUX, DATABASE, SQLlarni o‘rganishimkoni bor. Yana bir yaxshi tomoni, sohaga doir ishlarga joylashish imkoni ham beriladi.

– IT-mutaxassis bo‘lishning 5 ta afzalligini sanab o‘tsangiz.

– Aslida sohaning avzalliklari ko‘p, shulardanbeshtasini sanab o‘taman:

1. Serdaromad ish.

2. Oilangiz uchun yetarlicha vaqt ajrata olasiz.

3. Uyda turib ishlash imkoniyati.

4. Qaysi davlatda bo‘lmang, ish topiladi.

5. Ishdan tashqari o‘z loyihalaringiz ustida ham ishlashingiz mumkin.

– Ayni paytda qayerda faoliyat yurityapsiz va bugungi ishingizda zamonaviy sohani o‘rganganingizning qanchalik hissasi bor?

– Hozirgi kunda o‘quv kursi rahbari Jon Toshmatov va boshqa hamkasblarimiz bilan o‘zbek vatandoshlarimiz uchun oldindan ish yuritib kelayotgan “Sherdor” restoranining veb-sahifasi ustida ish olib boryapmiz. AQSHda istiqomat qilayogan vatandoshlarimiz va boshqalar ham o‘zbek milliy taomlarimizni shu veb-sahifa orqali onlayn ravishda buyurtma qilishlari mumkin. O‘quv kursida nafaqat ilm o‘rganmoqdamiz balki loyihalar ustida ishlashimiz uchun ham imkon yaratilib, tajribamiz oshishiga ham yordam berilmoqda.

– O‘zbek yoshlariga karantin paytida vaqtini unumli o‘tkazish bo‘yicha qanday tavsiyalar bera olasiz? 

– Dunyo karantindan qachon butkul chiqishi nomaʼlum. Shunday ekan, vaqtni bekoro‘tkazmay, Jon Toshmatovning YouTube kanaliga aʼzo bo‘lishni va darslarni kuzatib borishni tavsiya qilaman. Har yakshanba kuni 2-3 soat bepul darslar o‘tiladi. Sohaga qiziqqanlar o‘zlari uchun ko‘p narsa o‘rganishlari mumkin. Menga o‘xshab oldin qiziqmaganlar esa  serdaromad, zamonaviy sohani o‘zlashtirish uchun yaxshi motivatsiya olishlari mumkin.

Mansur Yahyoyev suhbatlashdi.