OTB Qirg‘izistonga iqtisodiy diversifikatsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun 80 million dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qirg‘iziston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 80 million dollarlik siyosatga asoslangan dasturni maʼqulladi.

Iqtisodiy diversifikatsiyani rag‘batlantirish dasturining ikkinchi kichik dasturiga binoan, OTB 69,3 million dollarlik kredit va 10,7 million dollarlik grantni iqtisodiyotga oltin qazib olish va pul o‘tkazmalariga bog‘liqlikdan keng, barqaror va inklyuziv o‘sishga o‘tish uchun yordam beradi.

Dastur savdo va sarmoyaning raqobatbardoshligini oshirish, kichik va o‘rta korxonalarni rag‘batlantirish, davlat-xususiy sheriklik orqali infratuzilmani rivojlantirishni takomillashtirish, sanoat ehtiyojlari bilan bog‘liq ko‘nikmalarni rivojlantirish, fiskal boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikni himoya qilish islohotlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Islohotlarni izchil davom ettirish mamlakat eksportini va to‘g‘ridan -to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va oziq -ovqat xavfsizligini yaxshilash, yana-da munosib ish o‘rinlari yaratish va daromadlar xavfsizligini taʼminlash imkoniyatlarini kuchaytiradi. Islohotlar, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga investitsiyalarni ko‘paytiradi, kasb -hunar taʼlimi va malakasini oshirishni yaxshilaydi”, – deya sharhlamoqda OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Yevgeniy Jukov.