Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolik olganlar sonini maʼlum qildi

Davlat migratsiya xizmati binosida Turkmaniston fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasport topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning farmoniga muvofiq, 2657 kishi Turkmaniston fuqarosi bo‘ldi, yana 406 kishi yashash uchun ruxsatnoma olgan.

Maʼlum bo‘lishicha, 2011 yildan shu davrga qadar 14980 kishi Turkmaniston fuqaroligini olgan.

O‘tgan yilning kuzida “Turkmaniston xronikasi” nashri xodimlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy Komissarligi vakillari bilan uchrashuvda Migratsiya xizmati Turkmaniston fuqaroligini qabul qilganlar sonini ikki baravar oshirganini aniqlagan edi.

Yuqorida keltirilgan sonlar esa real haqiqatga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.