“AGRO MARAFON”da manfaatli ishtirok!

Yurtimizning iqtisodi rivojlanishi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi ayniqsa, fermerlik sahosi muhim o‘rin egallaydi.

Shu bilan birga, fermerlik yo‘nalishlari iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash muammosini hal etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora katta rol o‘ynamoqda.

O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi tuzilganligi esa yoshlarga mazkur sohaga oid masalalarning hamisha davlat eʼtiborida ekanligini namoyish etadi.

Qayd etish joizki, jamg‘arma faoliyati yoshlarning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida o‘z tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan eng ohirgi qishloq hujaligida bilim va ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilayotgan “AGRO MARAFON” ham kelajagani o‘z qo‘li bilan yaratish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ayni muddaodir. Binobarin, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or fermerlar ishtirokidagi ushbu marafon o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni jalb etish, jahon bozoriga chiqish uchun yo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Dastlabki bosqichda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan AKIZ agroxizmatlar markazida joriy yilning 28-sentyabrʼ kuni o‘tkaziladi. Shuningdek, «AGRO MARAFON»ning birinchi qismi doirasida uchrashuv tashkil etiladi.

Jarayon davomida yosh agrotadbirkorlar tomonidan biznes rejalarni tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligida o‘z faoliyatlarini boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar beriladi. Shuningdek, ishtirokchilar biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtiriladi.

Marafonning ikkinchi qismi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Agrobiznesda menejment» mavzusidagi treningda qatnashchilar agrotadbirkorlik hamda biznes bo‘yicha yuqori bilim, ko‘nikma hamda tajribaga ega bo‘lgan agrobiznesmenlar — “Teodora Goods va Dalatek” kompaniyalarining direktori Dildora Atadjanova, “Mevali” kompaniyasining direktori Mansur Raximov, “MOST BUSINESS” MCHJ direktori Pirnazarov Elmurod, “VESAGRO” kompaniyasining direktori, Agroblogger O‘rmonali Usmonov, Bog‘dorchilik bo‘yicha mutaxassis/ konsultant Shuhrat Abrorov hamda “Agro Export Group” MCHJ asoschisi Sanjar Karimov bilan muloqot qilib, agrotadbirkorlik borasidagi barcha qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.

Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadigan «AGRO MARAFON» bu uchun ham imkoniyatlar eshigini ochadi. Zero, marafon doirasidagi treningda viloyatdagi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh agrotadbirkorlar ham ishtirok etadi. Bu esa agrobiznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, biznes borasida turli xulosalarga kelishga imkon yaratadi.