Xitoy Bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin, lekin oxirgi emas

Bu haqda tahlilchi Ron Insan CNBC telekanalidagi intervyusida aytib o‘tgan.

“Inqilobiy texnologik yutuqlar haqida gap ketganda, AQSh va Xitoy o‘rtasida katta farqlar mavjud bo‘lsa-da, mavjud tartiblar ham baʼzida o‘zgarib turadi. Agar XXR bitkoinni taqiqlay oladigan bo‘lsa, demak bu tez orada Amerikada ham sodir bo‘lishi mumkin. Bitkoinlar xaridorlari, ehtiyot bo‘ling”,-deb ogohlantirgan Insan.

Eslatib o‘tamiz, 24 sentyabr kuni Xitoy Xalq banki kriptovalyutaga taalluqli barcha harakatlarni noqonuniy deb eʼlon qildi.