Qarzlarimiz aytilganidek dahshatli emasmi?

O‘tgan hafta O‘zbekiston Markaziy banki 2021 yilning olti oyida respublikaning tashqi qarzi 6 foizga oshib, 35,9 milliard dollarga yetganligini (joriy yilning 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd. dollar) maʼlum qildi. Xususan, yil boshiga nisbatan davlat tashqi qarzi 3 foizga yoki 627,9 mln. dollarga o‘sib 22,0 mlrd. dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 11 foizga yoki 1,4 mlrd. dollarga o‘sib 13,9 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Bunday qarzni baholash uchun, qoida tariqasida, uni hajmini YAIM (yalpi ichki mahsulot) ga nisbati ishlatiladi.

Bu vaziyatda nisbatdagi foiz qanchalik yuqori bo‘lsa, tashqi qarzni to‘lashda jiddiy muammolarga duch kelish ehtimoli shuncha yuqori.

Masalan, Gruziyada allaqachon tashqi qarz miqdori mamlakat suverenitetiga tahdid solayotganini daʼvo qilishmoqda.

XVF maʼlumotlariga ko‘ra, aynan shu ko‘rsatkich dunyoning turli mamlakatlari uchun tashqi qarz xavfi darajasini aks ettiradi.

Siz uchun sobiq ittifoqning deyarli barcha mamlakatlari bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etamiz.