O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik  bir guruh harbiy razvedka bo‘linmalari xodimlari 29-sentyabrdan 17-oktyabrgacha nufuzi jihatidan yuqori hisoblangan «Cambrian patrol» nomli Xalqaro musobaqada ishtirok etdi. 

Ushbu musobaqada dunyoning 18 mamlakatidan 103 jamoa ishtirok etdi. Musobaqada Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSh, Daniya, Shveysariya va Gollandiya kabi davlatlarning maxsus kuchlari jamoalari kuch sinashgan.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Buyuk Britaniya harbiylari, 2-o‘rinni O‘zbekiston harbiylari, 3-o‘rinni AQSh harbiy xizmatchilari egallashdi.