Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha ilk xalqaro konfrensiya

Bugun Poytaxtimizda “Zamonaviy konstitutsionalizm: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya oflayn va onlayn formatda o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiya Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Barqaror rivojlanish markazi, Davlat va huquq instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

Ushbu xalqaro tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro konferensiyaning maqsadi:

Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor yettita vazifa bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning dolzarb yo‘nalishlarini belgilash hamda milliy va xorijiy tajribani qiyosiy o‘rganish.

Xalqaro konferensiyaning asosiy vazifalari:

  • erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi pog‘onaga ko‘tarish;
  • adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini taʼminlash;
  • ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, maʼnaviy va maʼrifiy sohalar bo‘yicha bo‘yicha huquqiy asoslarni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha xorijiy va milliy tajribani qiyosiy o‘rganish orqali tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadbirga mamlakatning yetuk huquqshunos olimlari, akademik hamjamiyati, davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek nufuzli xalqaro tashkilotlar va mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el diplomatik korpus vakillari taklif etilgan.