Amerikalik askarlarga berilgan chaqaloq yodingizdami?

Afg‘oniston poytaxtini Tolibon egallab olganidan keyin mamlakatdan qochishga urinayotgan paytda Kobul aeroportida amerikalik harbiylarga topshirilgan ikki oylik bolani oila topa olmayaptgani aytilmoqda.

19 avgust kuni AQSHning Kobuldagi elchixonasi xodimi Mirza Ali Ahmadiy oilasi bilan mamlakatni tark etish uchun Kobul xalqaro aeroportiga yetib keldi. Aeroportda tartibsizlik bo‘lgan. Mirza Ali Ahmadiy ikki oylik chaqalog‘ini tikanli sim to‘siqdan o‘tkazib, amerikalik askarga topshirgan va o‘shandan beri uning qayerdaligi haqida maʼlumot ololmayapti.

Ahmadiy rafiqasi va qolgan to‘rt farzandi bilan evakuatsiya samolyotiga o‘tirgan. Qatar va Germaniya orqali ular nihoyat Texasdagi (AQSH) Forse Bliss harbiy bazasiga yetib kelgan va bu yerda o‘g‘lini qidirishda davom ettirgan biroq…

AQSH Davlat departamenti xalqaro hamjamiyat bilan bolani topish uchun barcha vositalardan foydalanganini maʼlum qildi.