Afg‘on armiyasi nega Tolibonga taslim bo‘lgandi?

Afg‘onistonning sobiq moliya vaziri hukumat qulashida “o‘lik jonlar”ni qog‘ozga kiritgan va Tolibondan pul olgan korrupsioner amaldorlarni aybladi.

Xolid Payendaning Bi-bi-siga maʼlum qilishicha, Afg‘onistonning hukumatining rasmiy hujjatlarida qayd etilgan 300000 askar va politsiya xodimi aslida bo‘lmagan.

To‘qib chiqarilgan shaxslar rasmiy hujjatlarga kiritilgan, ularning maoshlarini esa generallar cho‘ntaklariga urganlar, degan sobiq rasmiy mulozim.

Afg‘onistondagi 20 yillik harbiy hozirlik ortidan AQSH qo‘shinlarini olib chiqishga qaror qildi, avgust oyida Tolibon tezlik bilan mamlakat ustidan to‘la nazoratni qo‘lga kiritdi.

Moliya vaziri lavozimidan isteʼfo berib Afg‘onistonni tark etgan Xolid Payendaning aytishicha, mamlakat xavfsizlik kuchlarining soni Tolibon jangarilarining soniga qaraganda ancha ko‘p, degan raqamlar to‘g‘ri emas edi.

Afg‘on armiyasi askarlari soni olti baravargacha ko‘paytirib ko‘rsatilgan deb hisoblaydi sobiq vazir:”Viloyat rahbaridan qancha odamingiz bor, deb qilingan hisob-kitob asosida maoshlar va xarajatlar kalkulyatsiya qilingan, taqdim qilingan raqamlar doim qo‘shib yozilgan”, deb aytdi u.

Sobiq moliya vaziri so‘zlariga ko‘ra, raqamlar olti baravargacha oshirib ko‘rsatilgan, rasmiy hujjatga kiritilgan askarlar ro‘yxatiga “dezertirlar ham, halok bo‘lgan askarlar ham kiritilgan”.

“Ularning bor-yo‘qligi hech qachon tekshirilmagan, chunki ularning bank kartochkalari qo‘mondonlarning qo‘lida bo‘lgan, ular esa bu kartalardan maoshlarni chiqarib olarverganlar”, deya daʼvo qildi u.

Afg‘oniston hukumat harbiy kuchlari safida qancha askar borligi masalasi uzoq yillardan buyon bahsli mavzu bo‘lib kelardi.

2016 yili AQSHdagi Afg‘onistoni rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh nazoratchi(Sigar) hisobo chiqargan, bu hisobotda shunday deyilgandi: “Na Qo‘shma Shtatlar, na Afg‘on ittifoqchilarimiz aslida nechta Afg‘on askari va politsiyachisi borligini, hozir xizmat vazifasini bajarayotgani soni qanchaligini, kengaytirilishi, ularning jangovar qobiliyatining aniq xususiyatlarini bilishmaydi”.

Janob Payendaning aytishicha, armiya xizmatida bo‘lgan askarlarga ko‘pincha o‘z vaqtida maoshlari to‘lanmagan. Boisi hukumat dastaklab kelgan qurolli guruhlarning rahbarlari askarlarning maoshlarini ham cho‘ntaklariga urganlar va qo‘li ostidagi askarlari jang qilmasdan taslim bo‘lishlari uchun Tolibondan pul ham olganlar.

Sobiq moliya vaziri fikricha, “Afg‘oniston barbod bo‘lishi”da G‘arbning ham aybi bor, Afg‘oniston ishlariga AQSH va NATO aralashuvini “yo‘qotish ulkan imkoniyat” dedi.