Yevropa shiorlari o‘ziga qarshi qo‘llanilganda…

Xabaringiz bor bir necha kunlardan beri Belarus va Polsha o‘rtasidagi chegarada migratsiyaon inqiroz yuzaga kelgan, migrantlar chegaralar ochilishi va ularni Yevropaga o‘tishlari uchun imkon qidirmoqdalar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidagi AQSH, Buyuk Britaniya va YEI davlatlari Belarus hukumati va Polsha bilan chegaradagi migratsiya inqiroziga hissa qo‘shayotganlarga qarshi sanksiyalarni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Kaddafiy ham taxtdan ag‘darilishidan avval “agar chegaralarni ochib yuborsam Yevropani butun qitʼa muhojilari egallaydi” degan edi.

Belarus prezidenti ham chegaralarini ochib inson huquq va erkinliklari deya chegarada xaos uyushtirib tomosha qilib turishi uzoqqa cho‘zilmadi. Mana o‘zi xohlagan muzokara stoli atrofida o‘tirishga muvoffaq bo‘ldi.

P.S.Hozirgi zamonda nafaqat media orqali taʼsir o‘tkazish balki, tirik odamlardan ham “samarali qurol” sifatida foydalanish mumkin.

Joriy inqirozga o‘xshagan muammolar ro‘y berganida Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar chegaralarida sim to‘r tortishni moliyalash masalasini ham ko‘rib chiqishmoqda. Ukraina ham o‘zining Belarus bilan chegarasiga joylashtirilgan harbiylari sonini ikki baravar ko‘paytirgan.

Litva Belarus bilan chegarasida favqulodda vaziyat eʼlon qilgan edi.