Hozirda mamlakat iqtisodiyoti ham, aholi soni ham bir vaqtda o‘sib bormoqda, shuning uchun O‘zbekistonga ko‘proq elektr energiyasi kerak, dedi vazir o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev.
“Bugungi kunda bizda 15 GVt quvvat mavjud va biz uni 2030 yilga kelib 30 GVtgacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz, shundan 25 foizi qayta tiklanadigan manbalardan olinadi”, dedi u bne ИнтеллиНевс nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyaning “Sibur” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, respublika Rossiya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida AES quradi.