“2021-2025 yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish kiritildi va “Parlament deputatlari, hukumat aʼzolari va barcha darajadagi hokimlarning ish haqini oshirishga moratoriy joriy etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smoilov qarorni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta oldin Qosim-Jomart Tokayev parlamentdagi chiqishi chog‘ida hukumat aʼzolari va deputatlarning maoshi yetarli, deb hisoblashi haqida maʼlum qilgandi.
Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlar haqidagi qiziqarli xabarlarni telegram kanalimiz orqali kuzatib boring.