Lukashenko “siyosiy merosidan” mahrum bo‘lgan

Lukashenko Kreml bilan ittifoqqa shu qadar kirishdiki, u o‘zining “siyosiy merosi”dan suveren “hokimiyat tranziti” uchun asos sifatida foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Yaʼni u Nazarboyev modeli bo‘yicha o‘z siyosiy tizimini saqlab qolish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Albatta, Moskva har qanday holatda ham Lukashenkoning to‘satdan vafot etgan taqdirda merosxo‘rini tanlashga yoki saylov natijalariga qandaydir taʼsir ko‘rsatadi. Biroq, Belarus siyosiy elitasi Moskvadan uzoqlashish va suverenitet imkoniyatini saqlab qoladi. Moskva har qanday tanlovni, shu jumladan Nikolay Lukashenkoni ham qabul qiladi.

Ammo hozir vaziyat tubdan o‘zgardi. Putin nazarida Lukashenko salmog‘i kamaygan. U nihoyat Moskva uchun Yuriy Lujkov yoki Aman Tuleyev kabi siyosiy sahnada postsovet faxriylaridan biriga aylandi, uning ketishi hududni butunlay Kremlning ixtiyoriga topshiradi. Lukashenko uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatli manevr qilib, Kremlni “ko‘p vektorli siyosat” bilan hisoblashishga majbur qilgan bo‘lsada, Moskvaga qarshi keskin harakatlar va baʼzida haqoratli ritorikalari… endi bularning barchasi tugadi.

Aytish mumkinki, hozirda Kreml Lukashenko ketayotgan paytdagi vaziyat ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritish kabi uzoq muddatli strategik maqsaddan kelib chiqib, Lukashenkodan siyosiy ko‘mak evaziga hech qanday aniq imtiyozlar talab qilmagan.