Bu haqda Zakon.kz saytida eʼlon qilingan.
“Bugun men parlament deputatligidan voz kechib, butun eʼtiborimni ijtimoiy, gumanitar, madaniy va xayriya ishlariga qaratishga qaror qildim.
“Nur Otan” partiyasiga ovoz bergan qozog‘istonliklar, partiyadoshlarimiz va mamlakat rahbariyatidan menga ishonch bildirgani uchun minnatdorlik bildiraman.
Fojiali yanvar voqealari tinch osmonsiz, Qozog‘iston xalqining birligisiz mamlakatimiz ravnaqi va yana-da rivojlanishi bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
Bo‘lib o‘tgan barcha voqealar butun xalqimiz uchun katta fojiadir.
Bo‘lib o‘tgan har bir voqeani chuqur va xolisona o‘rganish, natijada aybdorlar adolatli jazolanishi, begunohlar ozodlikka chiqishi zarur, deb hisoblayman.
Barchamiz, qozog‘istonliklar, butun jamiyatimiz “Qora yanvar”ning achchiq saboqlarini o‘rganishimiz va bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak.
Bu dahshat va qo‘rquvga to‘la fojiali kunlar anarxiya nimalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Vatanimizning buguni va kelajagi yo‘lida, uning milliy suvereniteti va mustaqilligini asrab-avaylash, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash yo‘lida jamiyatning hamjihatligini namoyon etishimiz zarur.
Vatanim va uning manfaatlariga xizmat qilishda davom etaman.
Buning uchun esa mansab shart emas”.