“Biz Rossiya bilan 200 yildan beri birgamiz va yana 300 yil davomida Rossiya bilan birga bo‘lishga tayyormiz”

Rossiya Qirg‘iziston byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million dollar ajratdi.

Bu haqda Nur-Sultonda bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ikki davlat bosh vazirlari maʼlum qildi.

(Rossiya) Mixail Mishustin:

▪️O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlashimiz 47 foizga o‘sdi va 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi – bu juda yaxshi natija.

▪️Rossiya Qirg‘iziston bilan strategik munosabatlarni qadrlaydi, ular xalqlarning ko‘p asrlik do‘stligiga asoslanadi.

(Qirg‘iziston) Oqilbek Japarov:

▪️Qirg‘iziston YEOII organlariga raisligi doirasida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish va ittifoq maqsadlariga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshiradi.

▪️Bu yerga tashriflan avval prezident bilan uchrashdim. Biz Rossiya bilan 200 yildan beri birgamiz va yana 300 yil davomida Rossiya bilan birga bo‘lishga tayyormiz, dedi. Biz bundan keyin ham birga qolamiz.