Yana bitta monopoliya, bu safar tibbiyotda

Korrupsiyaning oldini olish, monopoliya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shuncha ishlar olib borilishiga qaramay Sog‘liqni saqlash vazirlari aynan shu omillar aralashgan shubhali qarorlar qabul qilish bilan shug‘ullanishmoqda.

Namuna sifatida, aholiga qulaylik uchun, degan chiroyli gaplar bilan bitta tadbirkorlik subyektini monopoliyaga aylantirish ortida qanday manfaatdorlik bor? Vazirning bu harakati raqobat to‘g‘risidagi va davlat haridlariga oid qonunchilik talablarini buzmayaptimi?

Xullas mazkur savollar hozircha ochiq.

Qiziq tomoni kuni kecha Qonunchilik palatasida qo‘mitalar eshituvida qatnashgan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Inoyatov ham vazirning ushbu harakatlari bo‘yicha aniq bir gap aytmadi.

Lekin hammasi ravshandek: fikrimizcha, “Intermed Innovation” ham “UzavtoMotors”, “Avtotest” kabi sunʼiy yo‘l bilan yaratilayotgan monopoliya. Faqat tibbiyot sohasida.

Unda ko‘zga ko‘rinmayotgan korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va o‘g‘irliklar bo‘lishi mumkin.

Bunisini tez kunlarda bilib olamiz.

❗️Ungacha xalq uchun xizmat qilaman, deb ovozimizni olib vazir bo‘lgan amaldorlarimiz “soqqa” va “topshiriq”ni deb o‘z vaʼdalarini unutmasliklarini so‘raymiz. Vazirlar unutmang: deputatlar sizlarga ishonib ovoz berishgan.