Rossiyaning Pushkin nomidagi instituti tadqiqot o‘tkazgan unga ko‘ra, rus tili (Rossiyani hisobga olmaganda) Belarusiyada eng keng tarqalgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston va Qozog‘iston bormoqda.
Belarusiyada rus tili davlat tili maqomiga ega.
Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham rasmiy maqomda.
Tadqiqotga ko‘ra, Turkmaniston, Gruziya va Litvada rus tili eng kam ommalashgan. Bu mamlakatlarda u hech qanday rasmiy maqomga ega emas.
Reytingni tuzishda rus tilining taʼlim, fan va ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilishi ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilganligi aytilmoqda.
O‘zbekistonda rus tilining ommaviylik darajasi esa ularning hisoblari bo‘yicha 7-o‘rinda deb belgilangan.