Rossiya Qozog‘istonda rus tiliga munosabatdan tashvishlanmoqda

Qozog‘istondagi OAVlarida tarqatilgan “yaqin kelajakda rus tilidagi maktablarni tugatish rejalashtirmoqda” degan axborotlarga Rossiyaning bir qancha davlatga qarashli bo‘lgan nashrlari katta eʼtibor qaratishdi.

Shundan so‘ng Qozog‘istonda: “Mamlakatdagi barcha maktablarni faqat qozoq tilida o‘qitishga to‘liq o‘tish rejalari yo‘q” deyilgan maʼlumotlar berildi. Maʼlum bo‘lishicha, nizoga o‘rin yo‘q.

Biroq, Rossiyadagi ekspertlarning fikricha, “bunday muammolar o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Ukrainadagi o‘zgarishlar ham boshida mana shunday uzoqdan boshlangan – keyin esa qanday yakun topganini bilamiz.”

Davlat nashrlarida berilgan baʼzi faktlar:

▪️“Ushbu postsovet davlatlari bir biridan farqli ko‘rinsada, o‘xshashliklar talaygina”,

▪️“Qozog‘istonni o‘z millatchilari va o‘z rusofoblari bor. Totalitar Rossiya ko‘p yillar davomida qozoq xalqini ekspluatatsiya qilib kelgani haqida nutqlar mavjud”,

▪️”Milliy asosda demokratiya” g‘oyasini targ‘ib qiluvchi G‘arb fondlari mavjud”,

▪️Eslatib o‘tamiz, 1930 yillarda SSSRdagi ocharchilikni qozoq xalqining qasddan qilingan qirg‘ini sifatida tan olishga chaqiruvchi “Oq yo‘l” muxolif partiyasi bor”.

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra: “O‘n-o‘n besh yil ichida (bu muhim emas, bundan keyin – eski elitalarning siyosiy bankrotligi, ayniqsa, AQShning saxiy vaʼdalari yoki Moskva bilan to‘satdan to‘qnashuv) Rossiyaning hozirgi mustahkam do‘stligiga qaramay Qozog‘iston tajovuzkor millatchi davlatga aylanishi hech gap emas.”

Shu bois, bunday jarayonlarni eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak.