1960 yildan 2022 yil 29 martigacha eng katta qochqinlar inqirozi Suriyadagi urush bo‘ldi: bu mamlakatning 6,9 million aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, bu umumiy aholining 35 foizini tashkil qiladi.
Nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Afg‘oniston yetakchilik qilmoqda: 90 yillar boshidagi fuqarolar urushi davrida mamlakat aholisining 52 foizi o‘z yurtini tark etgan, Sovet qo‘shinlari kiritilishi davrida esa bu ko‘rsatkich biroz pastroq: 48 foiz bo‘lgan.
Ukrainadagi joriy mojaro so‘nggi o‘n yilliklarda sodir bo‘lgan qochqinlarning beshinchi yirik manbasiga aylandi: 4 millionga yaqin odam (aholining 9 foizi) allaqachon mamlakatni tark etgan.