Xitoy Ukrainaga qurol yetkazib beruvchi davlatlarni tanqid qildi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi rahbari Ukraina inqirozining asl sababini aytdi.
“Bir tomondan, o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatish haqida jar solib, boshqa tomondan esa, ko‘p katta miqdorda qurol va texnikalarni uzluksiz yetkazib berilishi, jangovar harakatlar yana-da kuchayishiga sabab bo‘lmoqda”, — dedi Van Yi.
Uning taʼkidlashicha, cheksiz bir tomonlama sanksiyalar faqat qarama-qarshiliklarni yana-da kuchaytiradi. Xitoy tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Ukraina inqirozining asl sababi Yevropa xavfsizligida muvozanat yo‘qolganidadir.
“Bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga muvofiq muvozanatli, samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik tizimini qayta qurish zarur, faqat shu yo‘l bilan biz haqiqatan ham Yevropada uzoq muddatli barqarorlik va uzoq muddatli tartibga erishishimiz mumkin”, — dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.