Yosh fermer ayollar nimalar bilan band?

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan moliyalashtilgan mablag‘lar hisobidan, ayol-qizlarni qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ish bilan taʼminlash, ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida ayollar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi vakillari tomonidan yoshlarni qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida qo‘llab-quvvatlash uchun hozirda yurtimizda yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushunchalar berdi.

«Герман-Спаркассенстифтунг» tashkiloti O‘zbekistondagi vakolatxonasi agrar ekspertilari yosh ayol-qizlarning “ Start уп” g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash doirasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlardan kaynday foydalanish mumkin ekanligi bo‘yicha so‘zladi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kengash tomonidan seminar ishtirokchilariga tomorqalardan zamonaviy va samarali foydalanishlari uchun maxsus qo‘llanmalar taqdim etildi.