Ukrainadagi urush ishlab chiqarish sharoitlarini, isteʼmolni, global savdo shartlarini o‘zgartirib yuborishi natijasida tovarlar bozorida narxlarning keskin tebranishlari 2024 yil yakuniga qadar saqlanib turishi mumkin. Jahon bankining bir gurux ekspertlari bu boradagi kuzatuvlarni global tovar bozori hisobotida elon kilishdi:
Tahlillarga kura energiya narxlari oxirgi 2 yilda 1973 yilgi neft inqirozidan keyin eng yuqori darajagacha ko‘tarildi. Rossiya va Ukraina tomonidan yetkazib beriladigan global miqyosda katta ulushga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 2008 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.
Ekspertlar urushning tovar bozoriga taʼsirlarini o‘rganishdi va oldingi shunga o‘xshash vaziyatlar bilan solishtirishdi. Natijada bugungi holat 2 ta sababdan oldingilarga nisbatan ko‘proq vaqtga cho‘zilishi mumkinligini ko‘rsatgan:
Birinchidan: Global miqyosda energiya narxlari oshishi ko‘plab tovarlar narxlariga bevosita taʼsir qilishi, masalan tabiiy gaz narxi oshishi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynagani uchun uning narxlariga bevosita taʼsir qiladi va o‘z navbatida mineral o‘g‘itlar narxi oshishi agrar sohaga taʼsir qilib parallel ravishda oziq-oqat narxlari oshishiga olib keladi, shu kabi boshqa bir biriga bog‘liq bo‘lgan holatlar nazarda tutilgan.
Ikkinchidan, urush inflyatsiyani uzoq muddat saqlanib turishiga sabab bo‘layotgan yanayam qimmat shartlarda savdolarni amalga oshirishga majbur qilmoqda.
Energiya resurslari savdosida bu jiddiy uzilishlarga olib kelishi kutilmoqda. Masalan, bugungi kunda ko‘plab davlatlar ko‘mirni uzoqroq joylardan sotib olmoqda. Shu bilan birga, baʼzi yirik ko‘mir importchilari Rossiyadan importni ko‘paytirishi boshqa eksportyorlarning talabini kamaytirib yuborishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida qimmatga tushishi tabiiy, chunki ko‘mir katta hajmli bo‘lgani va masofa uzoqlashishi bois transport – logistika xarajatlari oshib ketadi.
Shunga o‘xshash holatlar gaz va neft bilan ham sodir bo‘lishi prognoz qilingan.