Byudjet tashkilotlari tomonidan 1,8 milliard so‘mlik “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitob va plakatlari xarid qilingan.
“Gazeta.uz” nashrining olib borgan o‘rganishlari natijasida, mamlakat bo‘ylab byudjet tashkilotlari tomonidan prezident muallifligidagi “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yirik (balandligi yarim metrdan ortiq) kitob va plakatlarni xarid qilish uchun qariyb 1 milliard 800 million so‘m mablag‘ sarflanganligi aniqlangan. Ayni vaqtda mazkur mahsulotlar bir-biri bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan ikkita korxona tomonidan yetkazib berilganligi aytilmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur korxonalar Shavkat Mirziyoyevning asaridan ruxsatsiz foydalanib, mualliflik huquqini buzganini maʼlum qildi. Gap axborot texnologiyalari sohasida dasturiy taʼminot niqobi ostida bir yetkazib beruvchidan sotib olingan, QR kodlari bilan belgilangan ramkali qog‘oz kitoblar va plakatlar haqida bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tortib Andijon viloyatigacha 300 ga yaqin byudjet tashkiloti joriy yilning yanvar oyidan 10 mayga qadar davlat xaridlari portalining elektron do‘konidan 1 milliard 780 million so‘mga baholangan ushbu mahsulotdan kamida 378 dona xarid qilingan.
Asosiy xaridorlar tibbiyot muassasalari va bo‘limlari, epidemiologiya stansiyalari, oliy o‘quv yurtlari, ixtisoslashtirilgan kollejlar, texnikumlar va boshqa shunga o‘xshash faqat va faqat dodini boshqaga aytsa eshitmaydigan byudjet tashkilotlari. Shu bilan birga, xaridorlar orasida Moliya vazirligini ham ko‘rish mumkin.
Kitob va plakatlarning asosiy qismi Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan xarid qilingan – jami 120,7 million so‘m.
Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Axborot-resurs markazi shu kabi Konstitutsiya mavzusidagi kitoblar xarid qilingani haqida 2021 yilning mart oyida xabar bergan.
Tahririyatning Shavkat Mirziyoyevning asaridan ruxsatsiz foydalanib, mualliflik huquqi buzilganmi, deb yuborgan murojaatiga “Huquqiy Axborot va El-Madad kompaniyalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarining asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini boshqa yo‘l bilan o‘tkazish yo‘li bilan tarqatish uchun mualliflik huquqi egalarining roziligini olmagan”, — deyiladi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Adliya vazirligining Intellektual mulk boshqarmasi bergan xabarda.
Spetsifikatsiyaga ko‘ra, qattiq charm muqovali “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” deb nomlangan “gigant kitob”ning o‘lchamlari 60×42 sm bo‘lib, 14 varaqdan (28 bet) iborat bo‘lib, og‘irligi 11 kg. Kitobning narxi 7 million 820 ming so‘mni tashkil etadi.
8 donadan iborat plakatlar to‘plamining o‘lchamlari 55×70 sm, sirlangan va oq MDF bilan ramkalangan. Komplektning narxi 4,25 million so‘mni tashkil etadi.
Mahsulotga joylashtirilgan QR kodni skanerdan o‘tkazsangiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining audio versiyasini tinglashingiz mumkin.
Davlat xaridlari portalida “Ijtimoiy rivojlanish” va “Huquqiy Axborot” xususiy kompaniyalari kitob va plakatlarni yetkazib beruvchi yagona tashkilotlar hisoblanadi.
Kitob va plakatlarning loyiha muallifi sifatida “El Madad Guruhi” kompaniyasi bosh direktori Mardon Aslonov ko‘rsatilgan.
“Biz ruxsat kerakligini bilmasdik”
“El Madad Guruhi” direktori o‘rinbosari Xojiakbar Xusanov “Gazeta.uz” muxbiri bilan telefon orqali suhbatda kompaniya foydalanish uchun kitob muallifidan ruxsat olish zarurligini bilmasligini aytdi.
“Huquqiy Axborot” rahbari Sherali Barotov prezident kitoblarini ommaga targ‘ib qilishda “yomonlik ko‘rmayotganini” taʼkidladi. Unga ko‘ra, kitobning audioyozuv muddati 15 soatni tashkil qiladi.
Kitob esdalik sovg‘asi sifatida ishlab chiqilgan va unga o‘zgartirishlar kiritilmagan yoki qo‘shilmagan, degan kompaniya vakili va uni “katta kuch sarflangan” “ijtimoiy loyiha” deb atadi.
Kitoblar uchun pul bor
Demak, byudjet tashkilotlarining ayniqsa, tibbiyot va veterinariya, chorvachilik, biotexnologiyalar bilim yurtlarida yarim metrli ramkali qog‘oz kitoblar va plakatlar uchun juda katta mablag‘lar sarflash uchun byudjet borligi quvonarli.
Biroq, achinarli tomoni 2ta oddiy MCHJ davlat rahbarining muallifligidagi kitobini bemalol ko‘paytirib davlat byudjetidagi tashkilotlarga milliardlagan mablag‘larga pullashi.
Ochiq maʼlumotlarni olib pullash yomon ishmasdur biroq, jamoatchilik o‘qishi uchun davlat rahbarining muallifligidagi kitobni siyosiy dastak sifatida pullashi bu jinoyat emasmi?!