Elektr jihozlari bir oyda qancha energiya sarflaydi?

“Agar non ortidan 250 kvt ijtimoiy norma belgilanib, undan ortig‘iga otni kallasidek narx belgilanadigan bo‘lsa bu tasavvur qilib bo‘lmas salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Taklif berayotganlar shunga tayyor turishsin”.

11 turdagi elektr jihozlari bir oyda 180 kVt.soat elektr energiya isteʼmol qiladi

1 ta televizor, 1 ta muzlatkich, 1 ta dazmol, 1 ta elektr choynak, 1 ta mikroto‘lqinli pech, 1 ta kir yuvish mashinasi, 1 ta suv isitish boyleri (ariston) va 7 ta lampochka 15Wt, 1 ta changyutgich, 1 ta kompyuter — bir oyda 180,67 kVt.soat elektr energiya isteʼmol qilar ekan.

❗️ Shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim xonadaonlarda ushbu ko‘rsatilgan ayrim elektr jihozlar ishlatilmasligini yoki juda kam ishlatilishini hisobga olsak, oylik isteʼmol hajmi yana ham kamayadi.

Nega aynan 250?

Elektr energiyasiga ijtimoiy norma, yaʼni 250 kvt limit ajratish, undan ortig‘iga juda qimmat narx joriy etish haqida maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Aholining maishiy texnikalarni ishlatishga ehtiyoji kun sayin ortib borayotgan bir vaqtda nima uchun aynan 250 kvt tanlanmoqda?

Afsuski kam energiya sarf qiladigan jihozlar ancha qimmat bo‘lgani sababli aholining barcha qatlami ham kam quvvatli uskunalarni harid qila olmaydi. Yo hamma birdan boyib qoldimi?

Nazarimizda aholining harid qobiliyati va real daromadini inobatga olmagan holda belgilanishi kutilayotgan bunday ijtimoiy norma ko‘pchilikning eʼtirozlariga sabab bo‘ladi.

Xullas agar non ortidan 250 kvt ijtimoiy norma belgilanib, undan ortig‘iga otni kallasidek narx belgilanadigan bo‘lsa bu tasavvur qilib bo‘lmas salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Taklif berayotganlar shunga tayyor turishsin.