Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik shartnomasi matni eʼlon qilindi

21 iyul kuni Cho‘lpon-Ota shahrida (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qabul qilindi, uni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Tokayev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladilar.

O‘sha vaqt Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov o‘z mamlakatlarida “ichki tartib-qoidalar” tugagandan so‘ng ushbu hujjatni imzolashi xabar qilingan edi.

25 iyul kuni kelishuv matni Qozog‘iston meʼyoriy-huquqiy hujjatlar saytida eʼlon qilindi.

Hujjatning muhim bandlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz, unga ko‘ra Markaziy Osiyo mamlakatlari:

  • • bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish;
  • • mamlakatlar mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga tahdidlarning oldini olishda bir-birini qo‘llab-quvvatlash;
  • • shartnoma tuzgan tomonlarga qarshi qaratilgan harbiy bloklarga qo‘shilmaslik;
  • • tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish;
  • • BMTning eng nufuzli va universal xalqaro tashkilot sifatidagi rolini kuchaytirish;
  • • xalqaro vaziyatning dolzarb masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtiradi;
  • • ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik sohasida hamkorlik qilish va yadro qurolini qabul qilishni rad etish;
  • • terrorizm, separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, qurol-yarog‘ va narkobiznesga qarshi kurashda hamkorlik qiladi;
  • • terrorizm va ekstremizm mafkurasini ayniqsa yoshlar o‘rtasida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, diniy murosasizlik, ksenofobiya va etnik kamsitishning oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
  • • barcha ahdlashuvchi tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik qiladi;
  • • Orol dengizi havzasi va Orolbo‘yi mintaqalari ekologik tizimini tiklash bo‘yicha saʼy-harakatlarni amalga oshirish;
  • • sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish, qo‘shma korxonalar, logistika va infratuzilma obyektlarini yaratish;
  • • temir yo‘l, avtomobil, havo va suv kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, shuningdek, transchegaraviy tashishlarda maʼmuriy tartib-taomillarni soddalashtirish orqali hududning tranzit-transport salohiyatini rivojlantirish;
  • • tabiiy ofatlar va texnogen ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, shuningdek, ekologik ofat oqibatlariga qarshi kurashishda hamkorlikni rivojlantirish;
  • • epidemiyalar, tabiiy o‘choqli va boshqa xavfli infeksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda harakatlarni amalga oshirish.

Qayd etilishicha, Bitim nomaʼlum muddatga tuzilgan. Prezidentlar tomonidan imzolangandan so‘ng, hujjat mamlakatlarda ratifikatsiya qilinishi kerak.