Freedom House internet erkinligini baholadi

Tashkilotning yillik Internet erkinligi hisobotida tahlilchilar 70 ta mamlakatdagi internet erkinligini baholadilar. Yuqoridagi tahlil global veb-foydalanuvchilarning 89 foizini tashkil qilib, internetga kirishdagi to‘siqlar, kontentni cheklash va foydalanuvchi huquqlarining buzilishi yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Hisobot 2021 yil iyunidan 2022 yil mayigacha bo‘lgan voqealarga o‘z ichiga olgan.

Hisobot davrida milliy hukumatlar rekord miqdorda siyosiy, ijtimoiy yoki diniy mazmundagi zo‘ravonliksiz veb-saytlarni bloklaganlaganlar.

Hisobotda taqdim etilgan barcha 70 mamlakat ichida Ukrainaga qarshi maxsus operatsiya boshlagan Rossiya eng keskin pasayishni boshdan kechirdi va 12 yillik kuzatuvlar davomidagi eng past darajaga tushib ketgan.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi mamlakatlar ichida “qisman ozod internet”ga ega yagona davlat bo‘lib, 100 balldan 53 ball to‘plagan.

Qozog‘iston yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar paytida internet cheklovlari tufayli 32 ball to‘pladi.

O‘zbekiston 27 ochko to‘pladi. Mutaxassislar iyul oyida Qoraqalpog‘istondagi voqealar  chog‘ida internet cheklanishi, shuningdek, aholi keng foydalanayotgan ijtimoiy tarmoqlarni bloklovchi shaxsiy maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunni ham qayd etganlar.

Tojikiston va Turkmaniston umuman reytingga kiritilmagan.

Sobiq ittifoq respublikalaridan Estoniya 93 ball to‘plagan holda Internet erkinligi reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

26 mamlakatda internet erkinligi yaxshilangan.