2000-yili Toshkent Moliya institutini bakalavr va 2002-yilda magistraturasini tamomlagan. Aniq, lo’nda va keskin, o‘yindan tashqari fikrlar egasi. the_bakiroo telegram kanali muallifi, iqtisodchi/bloger.
“Gaz qazib oluvchilar uchun imtiyozlar teskari natija bergan”, deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov.
Bir muddat avval O‘zbekneftegazdan boshqa barcha gaz qazib olish kompaniyalari uchun 2022 yilda soliqlar uch barobarga kamaytirilgani, lekin gaz qazib olish kamayishda davom etgani haqida yozgan edik.
Kecha Davlat byudjeti bo‘yicha ochiqlangan dastlabki maʼlumotlar shu tezisni yana bir bor tasdiqlamoqda.
Demak, 2022 yilda soliq tushumlari orasida faqat Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari kamayishi kuzatilgan. 2021 yilga nisbatan qariyb 2 trln so‘m kamroq soliq tushumi taʼminlangan.
Savollar o‘sha o‘sha: ularga imtiyozlar berildi, soliqlar karrasiga kamaytirildi, lekin gaz qazib olish ham kamaydi. Biz evaziga nima oldik o‘zi?
Darvoqe, garchi yer osti boyliklarini qazib olayotganlardan soliq tushumlari kamaygan bo‘lsada, mol-mulk solig‘i tushumlari 1,6 trln so‘m (+63,4%), yer solig‘idan tushumlar 1,2 trln so‘mga (+30,0%) oshgan. Yaʼni oligarx va milliarderlarning soliq yuki aholi va biznes yelkasiga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushgan. Ham ustidan, ham ostidan degani shu bo‘ladi.
