Iordaniya, Isroilni masjidga hujumni “falokatli oqibatlari” haqida ogohlantirdi

Iordaniya kecha Isroil provokatsiyalari Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasini “jang maydoni”ga aylantirishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda SNN xabar berdi.

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi agar Isroil politsiyasi “namozxonlarni masjiddan chiqarish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yana hujum qilsa, bu vaziyatni yana-da keskinlashtirib, zo‘ravonlikka olib kelishini” bildirdi. Vazirlik buning uchun hamma tovon to‘lashini qayd etdi.

“Isroil hukumati Quddus va Falastinning barcha bosib olingan hududlarida vaziyatning taranglashuvi, shuningdek, muqaddas Al-Aqso masjidiga bostirib kirishni to‘xtatmasa, vaziyatning ehtimoliy yomonlashishi uchun javobgardir”, — deyiladi bayonotda.

Iordaniyaning ogohlantirishidan so‘ng Isroil Tashqi ishlar vazirligi “Al-Aqso masjidi ichida to‘siq o‘rnatgan odamlar Xamas va boshqa terror tashkilotlari tomonidan radikallashgan va xavfli olomon” ekanini taʼkidladi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Iordaniyadan vaqf qo‘riqchilarini “Musulmonlar namoz o‘qiyotganda g‘alayon uyushtirishni rejalashtirgan ekstremistlarni zudlik bilan Al-Aqso masjididan olib chiqishga” chaqirgan. Vaqf Iordaniya tomonidan tayinlangan va Al-Aqso masjidi majmuasini boshqaradigan organdir.

5- va 6 aprel kunlari Isroil kuchlari Al-Aqso masjididagi falastinliklarga hujum qildi. Politsiya falastinliklarni tarqatishda elektr toki granatalari va rezina o‘qlardan foydalangan. Isroil huquq-tartibot idoralari o‘nlab “voyaga yetmagan jinoyatchilar” politsiyaga tosh otayotgani, xavfsizlik kuchlari esa tartibni tiklash uchun harakat qilishga majbur bo‘layotganini iddao qilgan.

Shu vaqtning o‘zida Livanning “Hizbulloh” eronparast qurolli harakati Isroilga qarshi mumkin bo‘lgan “barcha choralarni” qo‘llab-quvvatlashi haqida ogohlantirdi. Mazkur bayonot fonida Livan hududidan Isroilga raketalar uchirilgan, Isroil ham bunga javoban qarshi aviahujumni amalga oshirgan.

AQSH, Isroil, Livan va G‘azodan uchirilgan raketalardan keyin o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini bildirgan. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy falastinliklarga qarshi hujumni qoralab, bunga qarshi chora ko‘rishga chaqirgan.

“Biz Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish va Falastin xalqini himoya qilish uchun qo‘shma rezolyutsiya qabul qilishga chaqiramiz”, — dedi Raisiy.

7 aprelga o‘tar kechasi Isroil armiyasi G‘azo sektoriga zarba bergan. OAV xabar berishicha, Isroil G‘azo sektoridagi HAMAS harakatining pozitsiyalariga hujum qilgan. Kamida 10 ta portlash sodir bo‘lgan. Qurbonlar haqida maʼlumot yo‘q. G‘azodan Isroilga uchirilgan javob raketalari esa “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida qaytarilgan.