O‘zbekiston vending assotsiatsiyasi soxa rivojiga qo‘shgan xizmatlari uchun taqdirlandi

Shu kunlarda Guanchjou shahrida “Asia Vending & Smart Retail Expo” avtomatik savdo (vending) sanoatining muhim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Har yili jahonning yetakchi vending assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Xalqaro Vending Industry dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Unda O‘zbekiston vending assotsiyatsiyasi “UzVEND” delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Ko‘rgazma O‘zbekiston va mintaqa uchun alohida ahamiyatga ega, chunki u savdo va avtomatlashtirilgan savdoni rivojlantirishga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik va eng muhim ko‘rgazma hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi 5136-sonli “O‘zbekistonda vendinqni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda qisqa muddatda avtomatik savdo (vending) soxasini muvaffaqiyatli rivojlanishiga olib kelganligini alohida taʼkidlash lozim.

Tadbir ochilish marosimida O‘zbekiston “O‘zVEND” assotsiatsiyasini raisi Azizxon Yo‘ldoshxonov O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari nomidan qutlov nutqi so‘zlab, mintaqada vending va avtomatlashtirilgan savdoni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. Vakillarimiz shuningdek, avtomatlashtirilgan savdo sohasidagi eng yaxshi kompaniyalarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaning muhim voqealari qatorida vending assotsiatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Taʼkidlash lozim, vending sanoati rivojiga qo‘shgan yuksak xizmatlari eʼtirof etilgan holda Markaziy Osiyodan kelgan xalqaro maslahatchi, ekspert sovetini aʼzosi Azizxon Yo‘ldoshxonovga tantanali ravishda maxsus diplom va ko‘krak nishoni topshirildi.