Metan narxiga cheklovlarning bekor qilinishi benzin narxiga qanday taʼsir ko‘rsatadi?

Yana 4 kundan so‘ng, o‘tgan yili 1 oktyabrda kuchga kirgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan gaz narxi 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha belgilangan hukumat moratoriyi muddati tugaydi.

Narxga cheklovlarning tugashi metan gaz uchun aksizning oshishi vaqtiga ham to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari yangi narxlarga, zapravkalarning kuz-qish mavsumida yo‘qotgan daromad marjinalligini qoplashga intilish ham taʼsir ko‘rsatadi. Shu sababli, ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalarida 1 apreldan metan gaz narxi 3 800 so‘m bo‘lishi haqidagi eʼlonlardan hayron bo‘lmaslik kerak.

May oyiga mo‘ljallangan tariflarning oshirilishi kutilmalari metan zapravkalardagi narxlarga taʼsir o‘tkazishda yana davom etadi. Yaʼni, bu oshish oxirgisi bo‘lmasligi aniq.

2023 yil oktyabridan metan narxining o‘rtacha 2 800 so‘mdan 3 250 so‘mgacha oshgani monopollashgan benzin bozorida ham narxlarning oshishiga olib kelgandi.

Bu safar ham shunday jarayon takrorlanishi, o‘zi qimmat bo‘lgan benzinning yana-da qimmatlashishi ehtimoli yo‘q emas. Chunki bozorni egallab olgan monopolist va oligarxlar har qanday vaziyatda va har qanday bahona bilan narxlarni oshirib olishga urinishadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz, Antimonopol organi bu safar ham jim turadimi yo vaziyatga aralashishga urinib ko‘radimi?