Jamoatchilikning kichik g‘alabasi: Amir Temur xiyoboniga o‘rnatilayotgan reklama monitorlari olib tashlandi

Joriy yil 18 mart kuni Gazeta.uz saytining jonkuyar jurnalistlari tomonidan chiqarilgan maqolada poytaxtimiz markazi hisoblangan Amir Temur xiyoboniga reklama monitorlari o‘rnatilayotgani maʼlum qilingandi. Internet nashrning rus tilida yuritiladigan sahifasida kechgi soat 22:13 da chiqqan maqoladan so‘ng poytaxt rasmiylari tezlik bilan bu masalani yechishga tushdilar.

Bugun tongda esa Amir Temur xiyobonidagi reklama konstruksiyasi olib tashlandi. Holatga rasmiy izoh berilmadi.

foto:gazeta.uz

Eslatib o‘tamiz, madaniy meros obyektlari, Prezident administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari binolari va boshqalar reklamadan xoli bo‘lishi belgilangan hududlar ekani, o‘z navbatida, tashqi reklama obyektlarini reklamadan xoli bo‘lishi belgilangan hududlar chegarasidan 50 metr masofada o‘rnatish taqiqlangan.