391$ dan 1097$ gacha: Toshkentda ijara uy narxlari qancha?

Toshkent shahrida hozirgi kunda ijara narxlari qanday bo‘lmoqda? Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi

2024-yil mart oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0.6% ga pasayib, $391 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 1.2% ga arzonlab, o‘rtacha $436 gacha tushdi. Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0.2% va 0.4% ga pasayib, o‘rtacha narxlar $513 va $591 ni tashkil etdi. 

Nisbatan arzon narxlar 

O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – $354, 2 xonali – $386 ,3 xonali – $435, 4 xonali – $441), Olmazor (1 xonali – $359, 2 xonali – $414, 3 xonali – $454, 4 xonali – $489) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – $463, 2 xonali – $518, 3 xonali – $620, 4 xonali – $819) va Shayxontohur (1 xonali – $437, 2 xonali – $456, 3 xonali – $537, 4 xonali – $624) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uylar ijara narxlari

Mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $472 ni tashkil etib, o‘tgan fevral oyiga nisbatan 0.8%ga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $644 va 1.1% ni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($788) ham biroz (0,3%) tushish kuzatildi. Shuningdek, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari ham 0.9% tushib, $909 gacha pasaygan.

Qaysi tumanlarda arzonroq?

To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – $394, 2 xonali – $449, 3 xonali – $556, 4 xonali – $646) va Uchtepa (1 xonali – $396, 2 xonali – $496, 3 xonali – $622, 4 xonali – $646) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – $567, 2 xonali – $844, 3 xonali – $1024, 4 xonali – $1097) va Shayxontohur (1 xonali – 556$, 2 xonali – $845, 3 xonali – $1050, 4 xonali – $1024) tumanlarida kuzatildi.