Putin va Klintonning “Kursk” suvosti kemasi to‘g‘risidagi suhbati eʼlon qilindi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSHning sobiq Prezidenti Bill Klinton o‘rtasidagi 2000 yil 6 sentyabrda “Kursk” suvosti kemasi haqidagi suhbatning maxfiy nusxasi eʼlon qilindi. U Klintonning raqamli kutubxonasi veb-saytida 2019 yil avgust oyining oxirida paydo bo‘ldi, Rossiya ommaviy axborot vositalari esa bunga hozirgina eʼtibor qaratdi. Ikki prezidentning suhbati mana bu havolada keltirilgan. U yerda qisqacha aytilganda Klintonning hamdardlik bildirishi va Putinning oldida yaxshi tanlov bo‘lmaganini tan olishi va PR uchun harakat qilmagani aytib o‘tilgan.

“Meduza”

Kursk suvosti kemasidagi falokat 2000 yil 12 avgustda sodir bo‘ldi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, suvosti kemasida bitta torpedo portlab, qolganlari portlashiga sabab bo‘lgan. Bir nechta bo‘linmalar vayron qilingan, suv osti kemasi tubida yotgan. Bortda 118 nafar dengizchi va zobitlar bo‘lgan, ularning barchasi o‘lgan.

Hokimiyat 118 nafar dengizchining o‘limini 10 kundan keyin – 22 avgustda rasman tan oldi. Bungacha Putin ekipajni qutqarish uchun hamma narsa qilinayotganini aytgan. Shu bilan birga, avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi rahbari, Bosh vazir o‘rinbosari Ilya Klebanovning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar 14 avgust kuni butun ekipajning o‘limi haqidagi bilib bo‘lishgan.

“Mediazona”

Dengiz osti flotiliyasining sobiq qo‘mondoni vitse-admiral Oleg Burtsev avgust oyida tabiiy ofat paytida qutqaruv ishlarining borishi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ekipaj aʼzolari havoni qayta tiklash tizimi buzilganidan keyin yana to‘rt-besh soat yashagan.