“Agro marafon” o‘z yurishini Farg‘ona vodiysida davom etadi

Yosh fermerlar Kengashi tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilayotgan “AGRO MARAFON” respublika bo‘ylab yurishini davom etadi.

🔸 14 oktyabr, soat 15:00da – Andijon viloyati, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida;

🔹15 oktyabr, soat 10:00da – Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida,

🔸 16 oktyabr, soat 10:00da – Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumani madaniyat markazida bo‘lib o‘tadi.

🏞”Agro marafon” – bu sohada faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan master-klasslar va agrobiznesda yuqori daromad olish sirlariga yo‘l.

📌 Loyiha yosh fermerlar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yevropada Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

davr24official