“Rus tilining dunyodagi elchilari” ko‘ngillilar loyihasi

“Rus tili elchilari” loyihasi Belarus, Qirg‘iziston va Tojikistonda amalga oshirilib borilayotgan edi, endi Armanistonda ham yo‘lga qo‘yildi.

Yerevanda Rossiya-Arman (slavyan) universiteti negizida “Rus tilining dunyodagi elchilari” ko‘ngillilar dasturi ish boshladi.

Shtabning vazifasi mahalliy maktab o‘quvchilari va talabalarida rus tiliga mehr uyg‘otish, madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirishdan iborat.

Ko‘ngillilar dasturiga Rossiyadan kelgan etnik armanlar ham jalb etilgan.

“Yumshoq kuchlar” diplomatiyasidan foydalanish faollashib bormoqda.