Tolibon ichida sobiq afg‘on yetakchilarining mulki bo‘yicha mojarolar avj olmoqda

25 dekabr, shanba kuni Kobulning shimoliy tomonida Tolibon harakatining ikki guruhi o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan.

Maʼlum bo‘lishicha, mulla Baradar “firqasi” jangarilari mulla Fozel “firqasi” jangarilari bilan jangga kirishgan.

Mojaroga sabab – raqib Tolibon guruhlari yetakchilarining Afg‘oniston parlamenti sobiq spikeri (u ham juda faol va “muvaffaqiyatli” biznesmen bo‘lgan)ning shaxsiy mulkini, shuningdek, boshqa sobiq yirik afg‘on rasmiylarining ko‘chmas mulkini nazorat qilish istagi bo‘lgan…

Bugungi kunda Tolibon bunday mulkni “mukofot” deb biladi, bu esa, ularning fikricha, g‘olib sifatida haq chiqishlariga asos deb hisoblaydilar.