“Agro Transformatsiya” Xorazmda qanday o‘tdi?

Saytimiz orqali yoritayotgan loyiha doirasida soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi va biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida intensiv seminarlar tashkil qilindi.

3 kun davom etgan seminarlarda 531 nafar dehqonchilik va fermerlikka qiziquvchi yoshlar faol bo‘ldilar.

Shuningdek, uchrashuvlarda yosh fermerlarning muammolari va ularning savollari agrobiznes ekspertlari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

“AgroTransformatsiya” loyihasi tez orada navbatdagi viloyatga yo‘l oladi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!