Qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng “AgroTransformatsiya” loyihasi o‘z safarini Samarqand viloyatida davom ettiradi.
Loyiha doirasida yoshlar uchun soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi va biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida intensiv seminarlar tashkil qilinadi.
Maqsad: Eng chekka hududdagi tumanlardagi yoshlar bilan agrar sohasidagi professionallarni uchrashtirib, ularga qishloq xo‘jaligining zamonaviy bilimlarini yetkazish
Samarqandlik yoshlar Agro biznesda faoliyatingizni boshlamoqchimisiz?
🎙Unda biznes g‘oyangizni hozirlab, seminar-treninglarda qatnashing!