Nega O‘zbekiston Turkmaniston gazi o‘rniga Rossiya gazini import qilmoqda?

Türkmengaz va Iroq elektroenergetika vazirligi o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, Turkmanistondan Iroqqa 5 yil davomida har yili 9 mlrd.kub gaz eksport qilinadi.

Turkman gazi Eron hududidan o‘tgan gaz trubalar orqali SWAP shartlarida Iroqqa yetkaziladi. Yaʼni Turkman qardoshlar 9 mlrd.gazni Eronga beradi. Eron esa 9,0 mlrd.kub gazni Iroqqa yetkazadi.

Biz o‘zbekistonliklarga o‘tgan yillar va undan oldingi yillarda ham Turkmanistondan sotib olish uchun kontrakt qilinadigan ortiqcha gaz yo‘q deb afsona to‘qib kelishdi. Va shu bahonada energetikamizni maqsadli ravishda tiz cho‘ktirgan kremlparastlar Rossiyadan 3 ming kilometr uzoqdan gaz keltirishga vaj va sabablarni oqlamoqdalar. Yana qanday narxlar, qaysi shartlarda, evaziga nimani garovga qo‘yganimizni haligacha bilmaymiz.

2,7 mlrd.kub gaz uchun qanday ko‘rgulik va yo‘qotishlarga duch kelamiz, Buyog‘i endi xudoga ayon

Shundoq yonimizda, tayyor infratuzilmali turkman gazi bo‘la turib, o‘risdan gaz tilaganlar uchun hech bo‘lmasa, tarixning so‘rog‘i bo‘ladi.