Gaz va benzin bo‘yicha uch xil javob

“Gaz-zapravkalar ochilsa ham benzindagi navbatlar kamaymayaptimi shunda?”

Tarmoqda shunaqa yeqimsiz savol chiqib qoldi.

Birinchi javob:

“Gaz-zapravkalar Ochildi, deb eʼlon qilindi.

“Gaz yetkazish Oshirildi”, deb eʼlon qilindi.

“Navbatlar Yo‘qoldi”, deb eʼlon qilvorish qoldi.

Darvoqe, navbat yo‘qolmasdan, qaytanga oshgan bo‘lsa ham, “navbatlar to‘liq tugatildi, topshiriq bajarildi” deb eʼlon qilish bo‘yicha O‘zavtomotors tajribasi bor.

Shu tajribadan foydalansa bo‘ladi”.

Ikkinchi javob:

“Ilgarigi epoxada propaganda xaspo‘shlash priyemlari sifatida xorij xabarlari ruknida Yevropadagi qor bo‘ronlar, Afrikadagi ocharchilik, Venesueladagi benzinga navbatlarni ko‘rsatishardi. Aksiga olib, bu yil Yevropada qor bo‘roniyam yo‘q, Afrikayam ochmas, hatto Venesuelada Maduroga aql kirib, xato qilishni to‘xtatgach, benzinga navbatlar so‘rilib ketdi. Lekin Eronga, Shimoliy Koreyaga, Sudanga maxsus muxbirlarni yuborsak, yomon xabarlarni doimiy olib, yetkazib turish mumkin bo‘ladi”.

Uchinchi javob:

“Uzoqqa bormay, solishtiraylik desak, Tojikistondayam navbat yo‘q, Qirg‘izistondayam navbat yo‘q, Qozog‘iston va hatto taqa taq yopiq Turkmanistonni aytmasayam bo‘ladi. Bozorga ishonmasang, hech qursa tartib ishlashi kerak ekanda.

Bozor ham yo‘q, davlat ham yo‘q makon bu bardak ekanini tushundik. Bizning tanlovimiz bozor ham emas, davlat ham emas, bardak bo‘lganini tushundik”.

Otabek Bakirov