AQShda Telegramning ommabopligi oshmoqda

The Telegraphda berilgan maʼlumotga ko‘ra, Telegram AQShda eng ko‘p yuklab olingan ikkinchi dasturga aylandi.

Mazkur ijtimoiy tarmoqning ommabopligining o‘sishiga sabab, Parler dasturining taqiqlanishi, Trampning Twitterda bloklanishi va WhatsAppning yangi maxfiylik shartlari taʼsir ko‘rsatdi.

Gazetaning yozishicha, 6 yanvardan beri messenjer taxminan 545 ming marta yuklab olingan – bu bir hafta avvalgi ko‘rsatkichdan uch baravar ko‘p. Telegramdagi yuklanishlarning o‘sishiga WhatsAppning maxfiylik siyosatining o‘zgarishi ham taʼsir qilishi mumkin, deb yozmoqda gazeta.