Markaziy Osiyo mamlakatlarining shiddatli tarzda o‘sayotgan tashqi qarzlari

Qirg‘izistonning davlat qarzi, shu jumladan tashqi qarzi rekordni yangiladi. Yanvar oyi oxiriga kelib, qarz 4 milliard 954,1 million dollarni tashkil etdi, oldingi rekord – 4 milliard 925,8 million dollar 2020 yil oxirida qayd etilgandi.

Mamlakat tashqi qarz 2021 yil yanvarida 4 milliard 221,6 million dollarni tashkil etdi. Oldingi rekord 2020 yil noyabr oyi qayd etilgan bo‘lib, hozirgi qarzdorlikdan 3 millionga kam edi.

Respublika bu yil davlat qarzini to‘lash uchun 37 milliard 266 million qirg‘iz somi (qariyb 440 mln dollar) ajratishni rejalashtirgan. Bu rekord hisoblanadi.

O‘zbekiston: 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etmoqda.

Bu yangi davr boshlangan 2016 yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p demakdir.

Jami davlat tashqi qarzining 53 foizdan ortig‘i neft va gaz (2,6 mlrd.dollar), elektr energetikasi (2,9 mlrd.dollar), transport (2,4 mlrd.dollar), kommunal soha (2,3 mlrd.dollar) va qishloq xo‘jaligiga (2,2 mlrd.dollar) jalb qilingan.

Tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish miqdori ham yildan-yilga ortmoqda. Xususan, o‘tgan 2020 yilda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 1,8 mlrd.dollardan oshgan.

Maʼlumot uchun, 2021 yilda 5,5 mlrd.dollargacha davlat qarzi jalb etish rejalashtirilgan.

Tojikiston hukumati 2021 yilda tashqi qarzni oshirishga va mamlakat tashqi kreditorlaridan qarz so‘rashga qaror qildi. Bu tashqi qarz darajasi hozirda (2021yil 17 fevraldagi maʼlumotiga ko‘ra) 3,1 milliard dollarga (YAIMning 36,9%) yetgan, bu degani aholi jon boshiga qarzdorlik 294 dollarga teng. Eng yomoni, Tojikistonning asosiy kreditori Xitoydir.

Afg‘oniston hukumati aholisining qarzdorligi esa 138 dollarga teng keladi. (YAIM esa $556)

Turkmaniston qarzlari bo‘yicha esa avvalgi materiallarimizda batafsil to‘xtalib o‘tganmiz.