Fransiya Afg‘onistonda o‘z o‘yinini boshlamoqda

Fransiya afsonaviy “Panjsher arsloni” Axmadshox Maʼsudning o‘g‘liga umid bog‘lab, Afg‘onistondagi hukmronlik o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan o‘yinlarda alohida ishtirokchi sifatida maydonga kirib kelmoqda.

Bir necha kun oldin marhum Ahmad Shoh Maʼsudning o‘g‘li Ahmad Maʼsud Parijga tashrif buyurdi va Fransiya prezidenti Emanuel Makron bilan uchrashdi. Rasmiy nashrlarga ko‘ra, Makron va Massud “Afg‘oniston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida”, shuningdek, “Afg‘onistonda adolat va tinchlik hamda barqarorlikni o‘rnatish uchun” Fransiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida fikr almashgan. Amerikaliklar toliblar (pushtunlar) bilan hamkorlik olib borayotgan bir paytda, fransuzlar sobiq Shimoliy Ittifoqning tojik fraksiyalaridan birini o‘zlarining homiyliklariga olishga qaror qilishdi. Afg‘oniston siyosiy maydonidagi taniqli shaxslar katta davlatlar tomonidan tezda saralanmoqda.

AQShni maydondagi o‘yinchilarini bilamiz, mana endi Yevropaning elchi davlati Fransiyaning ham kimga ishonch bildirayotganligi bilib oldik. Moskva kim bilan aloqa o‘rnatadi?