Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarga taklif qilinmadi

Turkiya Afg‘oniston muzokaralariga Rossiyani taklif qilmadi. Anqara ushbu yo‘nalishda Vashington bilan suhbatlashishga qaror qildi.

Lekin, uchrashuv bekor qilinishi ehtimoli katta, chunki Tolibon va Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish muddatini uzaytirish borasida kelisha olmaganlar. Uchrashuvni keyinga qoldirishning rasmiy sababi muborak Ramazon oyini kirib kelishi bo‘lishi mumkin

Shu bilan birga, mart oyida Rossiya Xitoy, AQSh va Pokiston bilan kengaytirilgan “uchlik” bilan afg‘on muzokaralarini o‘tkazgandi. Ushbu muzokaralarga Qatar va Turkiya ham taklif qilingan.

Qo‘shma Shtatlar toliblarga bergan vaʼdalarini buzdi va belgilangan muddatni Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqmadi (1 mayga qadar), ular hududdagi tashabbus Moskva qo‘liga o‘tib ketishdan qo‘rqdi.

Endi toliblar amerikaliklarning konferensiya oldindan bo‘lgan pozitsiyasini tekshirmoqda va so‘ngi javobni berishga shoshmayaptilar. Ular 18 oydan buyon davom etib kelgan va g‘alaba deb hisoblagan kelishuvni buzishdan oldin o‘zlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishlari lozim.

Qo‘shma Shtatlar tolibondan Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqilishini 3 oydan 6 oygacha uzaytirishni so‘ramoqda. Toliblar esa o‘z navbatida 7000 mahbusni ozod qilish va guruh vakillarini BMTning qora ro‘yxatlaridan chiqarishni talab qilmoqda.