Pandemiya davridagi taklif etilgan “moʻjizaviy vositalar”

Issiqko‘l ildizi damlamasi vositasida davolash bu haqda avval xabar berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari koronavirus bilan kurashish uchun zaharli o‘simlikning damlamasini ichishni taklif qilgan edi.

COVID-19dan yana bir nechta hayratlanarli va bemaʼni retseptlar to‘g‘risida quyida tanishishni taklif etamiz:

Xokkey, toza havo, sauna, pishloq, 50 gramm aroq va hattoki traktor. Belorusiya Prezidenti bularning barchasini dorilar toifasiga kiritgan edi. Лукашенко hazillashgan bo‘lsa kerak.

Radiatsiya. Ushbu usul rus va o‘zbek olimlari tomonidan taklif qilingan.

Kobeytuz ko‘lidan tuz. Baʼzi ishbilarmonlar uni pastki qismidan yig‘ib, COVID-19ga davo sifatida sotishgan edi.

Tojikistonlik bir shifokor otlar va mollarga qo‘llanadigan dori bilan davolanishni taklif qilgan.

Turkmaniston Prezidenti qizilmiya ildizi bilan davolanishni va uylarni garmala (isiriq)tutuni bilan tutatishni taklif qilgan edi. Bu yerdan yana bir nechta takliflar ham yangragan barchasi saytimizda bor.

Litvaning parlament deputati COVID-19dan davolay oladigan “koronavirus uchun shifobaxsh suv” deb oddiy suvni reklama qilgan edi.

Mana shunaqa pandemiya davrida ajoyib takliflar bildirilgan o‘z vaqtida. Eng to‘g‘ri yo‘li shifokorga vaqtida murojaat qilish.