Sadir Japarov chegara masаlasida mahalliy aholi bilan maslahatlashishini aytdi

Sadir Japarov — Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi mitinglar to‘g‘risida fikr bildirar ekan quyidagilarni bayon qildi: «Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan vakil ham kiritish rejalashtirilmoqda.

Saytimiz orqali mazkur masalada bir nechta tahliliy materiallar berilgan edi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «ikki mamlakat o‘rtasida chegara masalalarida har doim tortishuvlar bo‘lib turadi» dedi.

Uning taʼkidlashicha, bundan oldin barcha chegara masalalari «yashirin ravishda hal qilingan».

Prezidentning taʼkidlashicha, endi bu masala aholi birgalikda muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasiga mahalliy aholidan vakillarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.

«Biz avvalgilaridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Avvallari nafaqat mahalliy xalq, balki qirg‘izistonliklar ham bilmagan. Faqat tikanli simni tortilayotganda bilishgan… Ammo biz davlatimiz va xalqimiz zarariga qaror qabul qilmaymiz. Biz bor kuch-g‘ayratimizni davlat va xalq foydasiga yo‘naltiramiz»

Sadir Japarov

Sadir Japarov yaqin oylarda mamlakatning janubiy hududlarini aylanib o‘tib, xalq bilan uchrashishni rejalashtirmoqda

«Taxminan may oxiri, iyun-iyullarda bo‘sh vaqtim bo‘ladi, o‘shanda janub bo‘ylab safar qilaman, xalq bilan uchrashaman. Mahalliy aholi bilan maslahatlashamiz va keyin qaror qabul qilamiz», — dedi u.