Bizda qonun ustuvormi?

Shu oy boshida Toshkent viloyatida YPX xodimiga to‘xtatgan qora Malibuni qo‘yib yuborish buyrug‘i berildi. Xodim buyruqni bajardi, lekin ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa ovoza bo‘lgach aybdorni “tinchlik bo‘lsin” deya, kichik jarima bilan jazolab qo‘yishdi. Kuni kecha esa “vazir o‘rinbosarini soxta ikkinchi ayoli” katta sahnaga chiqdi. Rasmiy izohlarga qaraganda voqea iyul oyi so‘ngida bo‘lib o‘tgan va aybdorlar jazolangan.

Bularning barchasi o‘zimizni halqimiz ichida shov-shuv bo‘lib, uch kundan keyin xuddi shunday yana bir voqeadan so‘ng unutilib ketar, lekin bir savol kelib chiqadi. O‘zbekistonda qonun ustuvorligi bormi va u kimlar uchun? Jahon hamjamiyati bu vaziyatga qanday qaraydi?

Mayli biz voqealarni ichiga kirmaymiz, lekin xalqaro reytinglarda qonun ustuvorligi bo‘yicha bizni o‘rnimiz qayerda?

MDH mamlakatlarida qonun ustuvorligi indeksi reytingi

Qonun ustuvorligi indeksi – bu dunyo mamlakatlaridagi qonun ustuvorligining umuminsoniy tamoyillariga asoslangan huquqiy muhitni taʼminlash borasidagi yutuqlarini o‘lchaydigan global tadqiqot va unga tegishli reyting. Indeks The World Justice Project xalqaro nodavlat tashkilotining metodologiyasi bo‘yicha ochiq statistik maʼlumotlar va huquqshunos ekspertlarning global so‘rovi natijalari asosida tuziladi. Loyiha butun dunyoda qonun ustuvorligining asosiy tamoyillari qanday qabul qilinishini va kuzatilishini aniqlash maqsadida 2010 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, indeks davlat idoralari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, siyosatchilar, huquq va jamiyatni rivojlantirish sohasidagi tadqiqotchilar, professional yuristlar, manfaatdor fuqarolar va boshqalar uchun dolzarb maʼlumotlarni taqdim etadi.

Indeks dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy -siyosiy rivojlanish darajasidagi huquqiy muhit va qonunchilik amaliyotining rivojlanish darajasini batafsil tavsiflovchi 47 o‘zgaruvchilardan iborat. Barcha o‘zgaruvchilar sakkizta ko‘rsatkichlarga birlashtirilgan:

  • Davlat organlarining vakolatlarini cheklash.
  • Korrupsiyaning yo‘qligi.
  • Buyurtma va xavfsizlik.
  • Asosiy huquqlarni himoya qilish.
  • Davlat organlarining ochiqligi.
  • Qonunlarga rioya qilish.
  • Fuqarolik sudlari.
  • Jinoiy sudlar.

Har bir mamlakatning reytingi ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha og‘irligini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Indeksni shakllantirish metodologiyasi va u uchun maʼlumot manbalarining batafsil tavsifi The World Justice Project yillik hisobotida keltirilgan.

2020 yilda keltirilgan reytingda MDH mamlakatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘plab reytinglarda bo‘lgani kabi Gruziyaga tegishli bo‘lib, bu mamlakat o‘rganilgan 128 davlat ichida 43 o‘rinda. Qo‘shnimiz Qozog‘iston (jahonda 63-o‘rin) va Belarus (jahonda 69-o‘rin) birinchi uchlikda. Qolgan mamlakatlar esa qo‘yidagicha joylashgan:  Ukraina (jahonda 72-o‘rin), Moldova (jahonda 80-o‘rin),  Qirg‘iziston (jahonda 90-o‘rin), O‘zbekiston (jahonda 91-o‘rin) va Rossiya (jahonda 93-o‘rin). Armaniston , Ozarbayjon, Tojikiston va Turkmaniston reytingdan umuman o‘rin olmagan.

Xulosa o‘zingizdan…